JCh—2018 saralashi doirasida Falastin va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 2015-yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFA rasmiy saytiga tayanib, “Uff.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuv aslida 13-oktabr kuni Falastinning Ramalloh shahrida o‘tkazilishi lozim edi, biroq Saudiya Arabistonining Falastin hududiga Isroil chegarasi orqali kirib borishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.
Shundan so‘ng FIFA uchrashuvni Iordaniyaga ko‘chirishni taklif qildi, biroq falastinliklar bu taklifga qat’iy qarshi chiqdi.
Izoh (0)