Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida start olgan tennis bo‘yicha “Kreml Kubogi”da ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin yakkalik bahslarining dastlabki bosqichida britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Uchrashuvda Denis ikki set yakuniga ko‘ra 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ikkinchi davrada ushbu turnirda birinchi raqam ostida saralangan xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Marin Chilich bugungi kunda dunyo reytingida 14-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Denis Istomin 53-o‘rinni band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin “Kreml Kubogi”ning juftliklar bahsining birinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)