Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi yarim himoyachisi Yaya Ture “Barselona” hujumchisi Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Dunyoning eng yaxshi futbolchisi? Messi”, — dedi ivuarlik futbolchi.
“Oxirgi ikki yilda Yevropa Chempionlar ligasida “Barselona”ga qarshi o‘ynadik. O‘tgan yili bo‘lgan o‘yinda Messi men bilan hazillashib, to‘pni oyoqlarim orasidan olib o‘tishini aytgan edi. O‘yin vaqtida u shunday uslubda ikki jamoadoshimni aldab o‘tganini va men tomon kelayotganini ko‘rdim. O‘sha vaqtda meni ham shunday uslubda aldasa kerak, deb o‘ylagandim”, — deydi Yaya Ture.
“Messi yaqin kelganda: “Faqat bunday qilma, iltimos”, — dedim. O‘sha vaqtda Messi meni oilam oldida noqulay ahvolga qo‘yishidan cho‘chigan edim”, — deya qo‘shimcha qildi “Manchester Siti” yarim himoyachisi.
Izoh (0)