2016-yili bo‘lib o‘tadigan “Oskar” mukofotini topshirish marosimini “Barchasi yoki hech narsa”, “Beverli-Xillzlik politsiyachi 2” “Dogma” kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan amerikalik komik aktyor Kris Rok olib boradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Marosim boshlovchisi bo‘lishdan nihoyatda xursandman, — deya ta’kidlagan 2005-yilda ham bunga munosib ko‘rilgan 50 yoshli aktyor. — Bu tadbirga qaytganim ajoyib ish bo‘ldi”.
“Oskar” mukofoti topshirilishining 88-marosimi 2016-yil, 28-fevralda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)