Parij oliy sudi rejissor Lyuk Bessonning EuropaCorp kinokompaniyasini amerikalik rejissor Jon Karpenterning “Nyu-Yorkdan qochish” filmini plagiat qilganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sud hukmiga ko‘ra, Besson tomonidan 2012-yilda suratga olingan “Hech narsaga qaramasdan” (“Lockout”) filmida amerikalik rejissorning kartinasidagi g‘oya va obrazlar, shuningdek, ba’zi obrazlar o‘g‘irlangan.
Qayd etishlaricha, Bessonning kinokompaniyasi Amerika filmi ssenariy muallifiga 10 ming, rejissoriga 20 ming yevro, prokat kompaniyasiga esa qo‘shimcha 50 ming yevro to‘lashi kerak.
Jabrlanuvchi tomon 3 million yevro miqdorida kompensatsiya puli talab qilayotgan edi.
Izoh (0)