Joriy yilning boshidan beri Shimoliy Koreyaning 20 nafar fuqarosi, chet elda bo‘la turib, Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan. Bu haqda, Janubiy Koreya razvedkasining Respublika parlamentiga 20-oktabr, seshanba kuni taqdim etgan hisobotiga tayangan Ryonxap xabarlar agentligi keltirgan ma’lumotlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya razvedkasining bayonotida shimoldan qochib o‘tgan odamlar orasida namoyonda vakili ham aniqlangan bo‘lib, uning shaxsi sir tutilmoqda.
Taqqoslash maqsadida, o‘tgan yili chet eldan Shimoliy Koreyaga qaytib kelmasdan Janubiy Koreyaga qochib o‘tganlar soni 18 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, undan oldingi, 2013-yilda faqat sakkiz nafar bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)