Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinni Londondagi Qirollik otliq gvardiyasining Bosh harbiy maydonida kutib oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Bu Xitoy yetakchisining Birlashgan Qirollikka o‘n yil ichidagi birinchi tashrifi bo‘ldi.
Si Szinpin bu galgi tashrifi davomida Buyuk Britaniya hukumati rahbari Devid Kemeron bilan bir necha marta uchrashadi. Xitoy raisi, shuningdek, Manchesterga tashrif buyurib, mahalliy universitet qoshidagi Milliy grafen institutida bo‘ladi hamda “Manchester siti” klubi o‘yinini tomosha qiladi.
Izoh (0)