Parijda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida fransuz politsiyasi yetti tonnadan ortiq nashani musodara qildi, deb xabar beradi “TASS” Fransiya Ichki ishlar vazirligi vakillari ma’lumotiga tayanib.
Bu oxirgi ikki yil ichida mamlakat bo‘yicha musodara etilgan nashaning eng yirik partiyasidir. Bundan tashqari bu bevosita Fransiya poytaxtida qo‘lga olingan rekord darajadagi partiya hisoblanadi.
Giyohvand moddalar Sena o‘ng sohilida, shaharning XVI okrugidagi uchta minivenda bo‘lgan.
Izoh (0)