Bugun, 18-oktabr kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh Harbiy dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi “Ronald Reygan” atom aviatashuvchi kemasi bortiga chiqdi. U Amerikaning aviatashuvchi kemasi bortiga chiqqan ilk Yaponiya hukumati rahbari bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Harbiy kema oy boshida Tokioning janub tomonida joylashgan Yokosuka HDK bazasiga doimiy qolish uchun yetib kelgan.
Mahalliy kuzatuvchilarning fikricha, bosh vazirning AQSh HDK aviatashuvchisiga uyushtirgan ilk tashrifi Yaponiya—AQSh harbiy ittifoqining kuchayganini namoyish qilishi kerak, lekin Yaponiya suvlarida yadroviy samolyot tashuvchisining joylashtiruviga salbiy qarab keluvchi muxolifat partiyalarining tanqidiga olib kelishi ham mumkin.
Xabar qilinishicha, Abega bosh vazir o‘rinbosari Taro Aso va mudofaa vaziri Gen Nakatani hamroh bo‘lgan.
AQShning eng yangi atom aviatashuvchilaridan biri bo‘lgan “Ronald Reygan” Yokosuka aviabazasiga 1-oktabr kuni yetib keldi. Kema u yerda San-Diyegodagi asosiy bazasiga qaytib ketgan “Jorj Vashington” atom aviatashuvchisining o‘rnini egalladi.
Izoh (0)