Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kuni 60 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elnur Abduraimov Olimpiada yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Abduraimov braziliyalik raqibi Robson Donato Konseysaoni mag‘lubiyatga uchratib, Rio—2016 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Konseysao Toshkentda tashkil etilgan APB yo‘nalishidagi jangda ham ishtirok etgan, lekin o‘shanda ham o‘z vatanida o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.
Izoh (0)