Futbol bo‘yicha Nepal terma jamoasining besh nafar sobiq va hozirgi o‘yinchilari, jumladan, uning kapitani Nepal politsiyasi tomonidan kelishilgan o‘yinlarni o‘tkazishda ayblanib, hibsga olindi, deya xabar bermoqda “TASS” Nepal OAVlariga tayanib.
Politsiya rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu futbolchilar 2008-yildan buyon oldindan shartlashilgan natijali o‘yinlarni o‘tkazishda ayblanmoqda. Bunda gap Nepal jamoasi ishtirok etgan xorijiy turnirlar haqida ham bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur o‘yinchilar milliy va xalqaro bukmekerlar bilan til biriktirish natijasida yutqazish evaziga bonuslar olgan.
Tekshiruv ayni paytda boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, bu firibgarlikka Nepal Futbol Federatsiyasi mansabdorlari aloqador bo‘lgan-bo‘lmaganini hozircha aytib bo‘lmaydi.
Izoh (0)