“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Luis Suaresdan ajoyib sovg‘a qabul qilib oldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Urugvaylik futbolchi do‘stiga multfilm qahramonlaridan biri bo‘lgan gnom tasviri tushirilgan libos taqdim qilgan. “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmidagi Vaysaqi aks etgan pijamada “Men tonglarni yomon ko‘raman”, degan yozuv ham bor.
“Sovg‘a uchun do‘stimga rahmat. Faqat bir narsani tushunmadim. Nega u aynan Vaysaqi aks etgan libosni tanladi ekan?”, — deb yozadi Messi o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Izoh (0)