Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning etika bo‘yicha qo‘mitasi arbitraj palatasi Janubiy Afrika futbol uyushmasining sobiq a’zosi Lindila Kikani futbol sohasidagi faoliyatdan olti yilga chetlatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
FIFA 2014-yili futbol bo‘yicha Janubiy Afrika terma jamoasi ishtirokida kelishilgan uchrashuvlarni tashkil etishda gumon qilingan Kikaga nisbatan tekshiruv ishi ochgandi. FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Afrika termasining Tailand, Bolgariya, Kolumbiya va Daniya bilan o‘yinlari kelishilgan xarakterda o‘tgan.
Avvalroq, Kikaga nisbatan surishtiruv harakatlari boshlangani sabab, Janubiy Afrika futbol uyushmasi uni Milliy terma jamoalar qo‘mitasi rahbarligidan chetlatgan edi. Kika FIFA Etika kodeksining besh moddasini buzganlikda aybdor, deb topildi.
Izoh (0)