Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif noyabrda O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Dispatch News Desk nashriga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Furqat Sodiqov Pokiston senati tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzxat Sodiqiy bilan uchrashuvi chog‘ida Navoz Sharif shu yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qilgan.
Elchining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Pokiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. Bosh vazirning tashrifi bu munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izoh (0)