Eron parlamenti mamlakat va “oltilik” davlatlari o‘rtasidagi yadro kelishuvining kuchga kirishini ta’minlovchi qonun qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Qonunda xalqaro inspektorlar Eron harbiy obyektlariga nisbatan cheklangan huquqqa ega bo‘lishi ta’kidlandi. Qonunni qabul qilish uchun 161 nafar deputat ovoz berdi.
O‘tgan hafta Eron parlamenti hukumatga “oltilik” davlatlari tomonidan erishilgan yadro kelishuvi shartlarini bajarishga imkon beruvchi qonun loyihasini ma’qullagan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Eron va “oltilik” (AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya) davlatlari yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishgan edi.
Izoh (0)