Rossiya poytaxtida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilib qo‘lga olinganlar orasida kamida uch nafar suriyalik bor. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Teraktni amalga oshirishga tayyorgarlikda jami 10 kishi gumon qilinmoqda. Ular Milliy aksilterror qo‘mitasi Moskva markazida o‘tkazgan maxsus amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilardan topilgan portlovchi qurilma kuchi trotil ekvivalentida 4 kilogrammdan ziyod bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)