Afg‘onistonning Qandahor viloyatida noma’lum shaxs BMTning yordam ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi shifokoriga qarata o‘t ochdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa natijasida missiya xodimasi Turpakay Olfat halok bo‘lgan.
Xabar berishlaricha, mintaqadagi hech bir terrorchilik to‘dasi mazkur hodisa uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.
Qayd etishlaricha, ikki kun avval AQShning Qobuldagi elchixonasi BMTning Qobuldagi qarorgohi yoki ofislaridan biriga 12-oktabr atrofida hujum uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)