10—11-oktabr kunlari Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomli bog‘da regbi bo‘yicha bolalar festivali — GIR Festival bo‘lib o‘tadi. Tadbirni O‘zbekiston regbi federatsiyasi Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
GIR Festival Xalqaro regbi ittifoqiga a’zo 120 davlatda o‘tkaziladi, u ayni kunlarda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan regbi bo‘yicha Jahon kubogiga bag‘ishlangan.
Festivalda Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va poytaxtning 10 ta jamoasi (jami 200 nafar bola), shuningdek, Qozog‘istondan kelgan bir necha jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda. Undan tashqari, regbi-15 bo‘yicha oltita ko‘rgazmali o‘yin namoyish etilishi hamda Buyuk Britaniyadan kelgan murabbiylarning mahorat darslari ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)