“Manchester Yunayted” futbol klubi muxlisi Kris Skott o‘zining sevimli jamoasi to‘p suradigan “Old Trafford” stadioni nusxasini yasash uchun 450 soatdan oshiq vaqt sarfladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“MYu” ishqibozi maketni tayyorlashda gugurt donalaridan foydalandi. Kris stadionning hech bir narsasini qoldirmay, jumladan, klubning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson haykalini ham qo‘shib yaratdi. U hali ishini yakuniga yetkazgani yo‘q, asliyat bilan o‘rtada farq qolmasligi uchun nusxani yangi unsurlar bilan to‘ldirishda davom etmoqda.
Izoh (0)