Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Lionel Messi shikastlangani tufayli 10-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Jamoamiz ma’muri bilan gaplashdim. U 1 dan to 23 gacha bo‘lgan raqamlardan birini tanlash majburiy ekanini aytib o‘tdi. Men 10-raqamli futbolkani ilk bor Bosniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiygandim. O‘shanda Messi “Men yo‘g‘imda 10-raqamda Aguero to‘p sursin” deb aytgandi”, — deydi Aguero.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2018-yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida Ekvador va Paragvay terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh (0)