FIFA tashkilotning Axloq qo‘mitasi tashkilotning ber nechta mansabdor shaxslarni lavozimini chetlatishga qaror qildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
UEFA prezidenti hamda FIFA vitse-prezidenti Mishel Platini, shuningdek, FIFA bosh kotibi Jerom Valke FIFA prezidenti Yozef Blatter kabi 90 kunga o‘z lavozimlaridan chetlatildi.
Vaziyat taqozo qilsa, mazkur muddat yana 45 kunga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, FIFAning sobiq vitse-prezidenti Chon Monjun ham har qanday futbol faoliyatidan chetlatilgan va 100 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortilgandi.
Izoh (0)