“Ash Shabob” guruhi jangarilari Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmudning jiyanini o‘ldirdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Ekstremistlar davlat rahbarining jiyani Liban Usmon va advokat Abduqodir Muhammad o‘tirgan avtomobilga hujum qilgan. Usmon endigina xorijdan qaytgan va Somali poytaxti Mogadishodagi kasalxonaga rahbarlik qilish niyatida bo‘lgan.
“Ash Shabob” vakili so‘zlariga ko‘ra, qotillik Usmon “prezident saroyidagi juda muhim kishi” bo‘lgani sababli sodir etilgan.
Izoh (0)