Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdoshi, rossiyalik Denis Cherishov orqali Moskvaning “Spartak” jamoasi yarim himoyachisi Roman Shirokovning o‘g‘li uchun dastxati qo‘yilgan o‘z suratini yo‘lladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Shirokov Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘g‘lining suratini yuklab: “Krishtianu yo‘llagan sovg‘a bilan. Denis Cherishevga katta rahmat!”, — deya tagso‘z qoldirdi.
Izoh (0)