AQShning Chikago shahri musulmonlari tashkiloti islom haqidagi bilimlarni kengaytirishni istaganlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilgani haqida xabar berdi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
“Odamlar musulmonlarni yaxshi bilmaydi, ular masjidda ham hech qachon bo‘lmagan. Buni tashrif buyurganlar kuzatuvidan bilsa bo‘ladi”,— deydi katta Chikago islomiy tashkilotlar ittifoqi ijrochi direktori Tabassum Xalim.
“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etganlar masjidlar bilan tanishdi, jamoat namozlari qay tartibda o‘tkazilishining guvohi bo‘ldi, ma’ruza tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Aksiya Napervill, Uiton, Des-Pleyns va Libertivilldagi masjidlarda o‘tkazildi.
Izoh (0)