Fransiya janubida 4-oktabr, yakshanbaga o‘tar kechasi yuz bergan suv toshqini oqibatida mamlakat prezidenti Fransua Ollandning otasi yashaydigan uyga zarar yetdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Sizga ma’lumki, ushbu hududda mening otam va boshqa qarindoshlarim istiqomat qiladi. Yaxshiyamki, ular jabrlanmagan, biroq ota-onamning uyini suv bosgan”, — dedi prezident kuchli jala oqibatida jabrlangan departamentlarga tashrifidan so‘ng.
OAV ma’lumotlariga qaraganda, uning otasi Jorj Gyustav Olland Kannda istiqomat qiladi. 2009-yilda vafot etgan prezidentning onasi Frederik Margerit Triber ham mazkur uyda yashagan.
Izoh (0)