Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab kelinayotgan Yaman hukumati Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi. Bu haqda Reuters Aden TV manbalariga tayanib, ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, Yamanda bir tomondan isyonchi xusiylar va sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq armiya qismlari, ikkinchi tomondan quvilgan davlat rahbari Abdu Rabbo Mansur Xodiy qo‘shinlari o‘rtasida qurolli mojaro davom etmoqda.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Xodiy tarafini oldi va 26-martdan beri Yamanning xusiylar nazorat qilayotgan hududlariga aviazarbalar berib kelmoqda.
Izoh (0)