Dubayda “Falcon City” majmuasi bunyod etilmoqda. Unda Toj Mahal, Eyfel minorasi, Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori nusxalari qad ko‘taradi. Bu haqda “Muslim.uz” xabar bermoqda.
Majmua turar-joylar, ekologik bog‘ va do‘konlarni ham o‘z ichiga oladi. Toj Mahal nusxasi —“Toj Arabiya” binosiga uch yuz o‘rinli mehmonxona joylashtiriladi.
Loyiha bo‘yicha qurilishga 12 milliard dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda kommunikatsiya, suv ta’minoti va aloqa kabellari tizimini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)