Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel “Normand to‘rtligi” majlisi arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan navbatma-navbat muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Dastlab Putin bilan Olland muzokaralar olib bordi. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov hamda matbuot kotibi Dmitriy Peskov qatnashgan.
Shundan so‘ng, Putin Merkel bilan uchrashgan. “Uchrashuvlar Parijdagi Yelisey saroyida, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha “normand to‘rtligi” formatidagi muzokaralar arafasida o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Ukraina, Fransiya, Rossiya va Germaniya yetakchilarining yopiq eshiklar ortida o‘tadigan muzokaralar yakuni bo‘yicha qandaydir hujjat qabul qilinish-qilinmasligi hozircha noma’lum. Qayd etish joiz, 1-oktabr kuni Olland va Merkel Ukraina prezidenti bilan navbatma-navbat suhbatlashgandi.
Ekspertlarning fikricha, bo‘lajak uchrashuv “Minsk kelishulari”ni “qutqarib qolish”ga qaratilgan, unda ko‘tariladigan bosh mavzu esa Donbassdagi saylovlardir.
Izoh (0)