AQSh rahbarligida IShIDga qarshi harbiy harakatlarni muvofiqlashtiruvchi xalqaro koalitsiya Rossiyadan isyonchilar va tinch aholi vakillarini bombardimon qilishni to‘xtatib, terrorchilar bilan kurashga diqqat qaratishni talab qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Turkiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining birgalikdagi bayonotida aytilishicha, Rossiyaning xatti-harakatlari Suriyadagi nizo yanada avj olishiga sabab bo‘lib, ekstremistik kayfiyatni kuchaytiradi.
Rossiya 30-sentabrdan buyon Suriyada bir necha o‘nlab aviazarbalar berdi. Mudofaa vazirligi Rossiya samolyotlari Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi bergan mo‘ljalga ko‘ra IShID nuqtalarini bombardimon qilayotganini ta’kidlamoqda.
Rossiya aviazarbalar bergan hududda IShID emas, isyonchilar faoliyat olib borishi xabar qilindi. Hujumlar natijasida 30 dan ziyod tinch aholi vakillari halok bo‘lgani aytildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa bunday bayonotlarni axborot hujumi deb atadi.
Izoh (0)