Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 9—13-oktabr kunlari Toshkentda qisqa muddatli o‘quv-yig‘inini o‘tkazadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Viktor Jalilov yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan:darvozabonlar — Asilbek Omonov (“Qo‘qon-1912”), Abukarim Muhamedov (“Bunyodkor”), Javohir Ilyosov (“Mash’al”);himoyachilar — Boburbek Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Javlon Mirabdullayev (“Metallurg”), Maksimilian Fomin (“Buxoro”), Diyor Turopov (“Olmaliq”), Abdulloh Olimov (“Andijon”), Hasan Asqarov (“Dinamo”);yarim himoyachilar — Otabek Shukurov (“Buxoro”), Jahongir Abdumo‘minov (“Olmaliq”), Nikita Pavlenko (“Olmaliq”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Doniyor Usmonov (“Qo‘qon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Temur Hakimov (“Oqtepa”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”);hujumchilar — Jasur Hakimov (“So‘g‘diyona”), Shohnazar Norbekov (“Metallurg”), Xolmurod Xolmurodov (“Mash’al”).
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr oyida — Osiyo chempionati oldidan BAAda ikkita yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan. Dubaydagi dastlabki yig‘in 2—14-dekabr kunlarida bo‘lib o‘tsa, ikkinchisi 17—28-dekabrda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)