Futbol bo‘yicha Osiyo chempionati saralash bosqichi “A” guruhida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi 2-oktabr kuni Butanga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustunligida o‘tgan o‘yinda Jasur Abduraimov qo‘l ostidagi futbolchilar Butan terma jamoasi darvozasiga javobsiz yettita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi navbatdagi uchrashuvlarni 4-oktabr kuni Shri-Lanka, 6-oktabr kuni esa Bangladesh yoshlar terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
Saralash guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoasi 2016-yili Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)