Xitoyning Elephone kompaniyasi o‘zining yangi Ele Watch “aqlli” soati ilk suratlarini e’lon qildi, deb yozadi 3DNews.
Tashqi ko‘rinishidan, Ele Watch klassik qo‘l soatiga juda o‘xshash: siferblati doira shaklida, ortiqcha indikatorlari yo‘q va tugmalari minimum miqdorda.
“Aqlli” soat 1,5 dyuym va 320×320 pikselli ekran, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira, GPS-modul, IP67 standarti bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan korpus, Android Wear operatsion tizimi bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, Ele Watch mukammal fitnes-treker rolini ham bajarishi mumkin: rasmlarda soatda yurak ritmi datchigi borligini ko‘rish mumkin.
Qurilma maxsus dok-stansiya yordamida quvvat olishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)