To‘qqiz nafar rus sportchisi Mungyonda bo‘lib o‘tadigan VI Xalqaro harbiy-sport o‘yinlariga qatnashish uchun Janubiy Koreyaga yo‘l olgan joyida, samolyot bortidagi qoidalarga amal qilmagani uchun o‘z vatanlariga qaytarib yuborildi. Bu haqda “Yonxap” xabar bermoqda.
Sportchilar Incheon xalqaro aeroportida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Ilgari ular Moskva—Seul yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan samolyot bortida mastlik va qoidalarga bo‘ysunmaslik holati yuzasidan Koreya immigratsiya xizmati tomonidan ushlangan edi.
Besh nafar erkak va to‘rt nafar ayolga Janubiy Koreya aviatsiyasi xavfsizligi qoidalarini buzish aybi qo‘yildi.
Natijada, Rossiya jamoasi sakkiz nafar sportchisi bilan o‘yinlarda qatnashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, VI Xalqaro harbiy-sport o‘yinlari 2—11-oktabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi. Unda 110 mamlakatdan 9 ming nafar sportchi ishtirok etadi.
Izoh (0)