• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining birinchi kunida O‘zbekiston termasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi

    1-oktabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida dzyudo kurashi bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir boshlandi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 52 davlatidan 355 nafar sportchi jami 14 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.

    Foto: “Olamsport”

    Foto: “Olamsport”

    Musobaqaning ilk kuni erkaklar 60 va 66 kg vazn toifasida tatamiga chiqdi. 60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sharofiddin Lutfullayev finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib keldi. Hal qiluvchi bahsda u yaponiyalik Yuma Oshimaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vazn toifasida tatamiga chiqqan yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

    Lutfullayev finalga qadar yamanlik Ali Xusrov, turkiyalik Axmet Kaba, yarim finalda qirg‘izistonlik Otar Bestayevni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘rozboyev esa aynan Bestayevga imkoniyatni boy bergan edi. Bronza medali uchun kechgan bahsda u avvaliga Axmet Kabani, keyin turkiyalik Beker O‘zluni taslim etdi.

    66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Timur Xudoyqulov, Hamidjon Mo‘minov, Asadullo Bozorov va Dostonjon Xoliqulovlar saralash bahslaridayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Xotin-qiz dzyudochilar o‘rtasidagi bahslarda ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Munira Karimova, Nodira Gulova (ikkisi ham 48 kg), Dildora Ubaydullayeva, Muqaddas Kubeyeva (ikkisi ham 52 kg), Shahzoda Usmonova, Dildor Shermetova (ikkisi ham 57 kg) mag‘lubiyatga uchradi.

    Birinchi kungi bahslar yakuniga ko‘ra dzyudo vatani – Yaponiya terma jamoasi 2 ta oltin medali bilan peshqadamlik qilyapti. Janubiy Koreya terma jamoasi hisobida 1 tadan oltin va kumush medal bor. Mo‘g‘uliston va Turkmaniston terma jamoalari bir nafardan chempionga ega. Bittadan kumush va bronza medaliga ega bo‘lib turgan O‘zbekiston hozircha 7-o‘rinda.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent Gran-Prisining mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ushbu Gran-Pri musobaqasida 2016-yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar ham o‘ynalyapti. Musobaqada oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilar 300 reyting ochkosiga, ikkinchi o‘rin sohiblari 180, bronza medali sovrindorlari esa 120 reyting ochkolariga ega bo‘ladi.

    02.10.2015, 12:51   Izoh (0)   3601
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rustam Qosimjonov FIDE reytingida bir pog‘onaga yuqoriladi

    02.10.2015, 11:11

    Eron ayollar milliy termasidagi 8 futbolchi erkak bo‘lib chiqdi

    02.10.2015, 10:28

    O‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova Tashkent Open’dagi yurishini to‘xtatdi

    02.10.2015, 10:08

    Armrestling bo‘yicha JChda O‘zbekistonning medallari soni 8 taga yetdi

    02.10.2015, 09:42

    O‘zbekiston Yaman va Filippin ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga FIFA reytingida yuqoriladi

    02.10.2015, 08:48

    Messidan moliyaviy ayblov olib tashlandi

    01.10.2015, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Bayden saratonga chalinganiga munosabat bildirdi

    Dunyo | 19 may, 10:45

    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

    Reklama | 19 may, 10:30

    Qozog‘istonlik yengil atletikachilar O‘zbekistondagi turnirdan chetlatildi

    Sport | 19 may, 10:14

    Tojikistondan O‘zbekistonga 14,5 kilo giyohvand modda olib o‘tayotgan shaxs qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 10:11

    Rossiyaning yo‘lovchi samolyotlari havoda nosozlikka uchradi

    Dunyo | 19 may, 10:10

    Yangi Rim papasi O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 19 may, 10:00

    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

    Reklama | 19 may, 09:00

    “Interstellar”ni tushunishga yordam beradigan filmdagi sirli ishora va detallar

    Layfstayl | 19 may, 09:50

    Ruminiyada mer prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

    Dunyo | 19 may, 09:40

    O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi

    O‘zbekiston | 19 may, 09:25

    Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim, bu — fantastika”

    Sport | 19 may, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.