Toshkentdagi “Universal Jamping” ot sporti klubida 1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ot sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Konkur – to‘siqlardan ot sakratish yo‘nalishidagi musobaqalar 4 xil yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi.
7 yoshdan katta otlarda 135 santimetr to‘siqdan oshib o‘tish bo‘yicha musobaqada Nurjon Tuyoqboyev King Kornet L laqabli oti bilan birinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Umid Komilov va Oqil Sobirjonov egalladi.
5—7 yoshli otlarda 125 santimetr to‘siqdan oshib o‘tish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda A’zam Tolibboyev Raport laqabli tulporida birinchi bo‘ldi. Keyingi pog‘onalarni Xurshid Alimjonov va Nurjon Tuyoqboyev band etdi.
Havaskorlar o‘rtasida 115 santimer to‘siqdan oshib o‘tish bo‘yicha musobaqada Bahrom G‘oziyev Kalido laqabli oti bilan birinchi pog‘onani egalladi.
12—15 yoshli bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda 110 santimetrli to‘siqlardan oshib o‘tildi. Unda g‘oliblik Delfin laqabli ot bilan ishtirok etgan Saidamirxon Turg‘unboyevga nasib etdi.
Izoh (0)