Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmatchilarning oktabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov reytingda bir pog‘onaga yuqorilab, 42-o‘rinni egallab turibdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Qosimjonov sentabr va avgust oylarida reytingda 43-o‘rinda qayd etilgandi.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamon reyting peshqadami bo‘lib turibdi. Amerikalik Xikaru Nakamura ikkinchi, bolgariyalik Veselin Topalov esa uchinchi o‘rinni band etgan. Sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand to‘rtinchi o‘ringa pastladi.
Kuchli o‘ntalik (Jahon): Magnus Karlsen (Norvegiya) — 2850, Xikaru Nakamura (AQSh) — 2816, Veselin Topalov (Bolgariya) — 2813, Vishvanatan Anand (Hindiston) — 2803, Anish Giri (Gollandiya) — 2798, Fabiano Karuana (AQSh) — 2796, Levon Aronyan (Armaniston) — 2784, Din Lijen (Xitoy) — 2782, Vladimir Kramnik (Rossiya) — 2777, Aleksandr Grishuk (Rossiya) — 2774... Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) — 2704.
Kuchli o‘ntalik (O‘zbekiston): Rustam Qosimjonov — 2704, Anton Filippov — 2591, Jahongir Vohidov — 2538 (+6), Mixail Saltayev — 2496, Marat Jumayev — 2493, Aleksey Barsov — 2459 (+4), Tohir Vohidov — 2445, Nodirbek Abdusattorov — 2432, Jo‘rabek Hamroqulov — 2414, Konstantin Malinichev — 2409.
Izoh (0)