Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi Tashkent Open—2015 an’anaviy xalqaro turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur xalqaro turnirning juftliklar bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi muvaffaqiyatli odimlayotgan edi. Afsuski, ulardan biri o‘z ishtirokini to‘xtatdi.
Rossiyalik Angelina Gabuyeva bilan tandem hosil qilgan Vlada Yakshibarova rossiyalik Yekaterina Bichkova hamda shveysariyalik Stefani Fogel juftligiga 6:4, 1:6, tay-brekda 7:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)