Vladimir Klichkoning sobiq shifokori Stepan Jelyapov ukrainalik bokschining tiklanishi uchun talab etiladigan taxminiy muddatni aytib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bir yarim-ikki oy — tiklanish uchun optimal muddat. Yaqin orada Vladimir mushaklarini asta-sekin harakatga keltirishi, so‘ng sinov janglariga ham o‘tishi mumkin, — deya ta’kidlagan shifokor. — Tiklanish shu tarzda ketsa, bellashuv yil oxiriga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bu voqea atrofida ortiqcha shov-shuv ko‘tarishga hojat yo‘q. Bokschilardagi bunday jarohatlar faoliyatini to‘xtatishiga olib kelmaydi. Volodya bunga o‘xshash holatlarning ko‘pini boshidan o‘tkazgan, albatta oyoqqa turib ketadi”.
Eslatib o‘tamiz, WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichkoning Tayson Fyuri bilan jangi 24-oktabr kuni Dyusseldorfda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Klichko 24-sentabr kuni Avstriyada, mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat olgan.
Izoh (0)