Kiyev yangi harbiy doktrina qabul qilgan bo‘lsa-da, Rossiya Ukrainani dushman deb hisoblamaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
U Rossiya Ukrainaning yangi harbiy doktrinasidan qat’i nazar, o‘z milliy xavfsizlik strategiyasini tuzatishini, bu yil oxirigacha bajarilishini ma’lum qildi.
Nashr eslatishicha, 24-sentabr kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko farmon imzolagan, unda yangi tahrirdagi harbiy doktrina kuchga kirishi tasdiqlangan edi. Hujjatda Rossiya Ukraina uchun dolzarb harbiy xavf-xatar deb ko‘rsatilgan.
Izoh (0)