Ispaniya sudi Kataloniya jeneralitetining amaldagi prezidenti Artur Masga nisbatan uning 2014-yilgi mustaqillik to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishdagi o‘rni yuzasidan tergov harakatlarini boshladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Sudning bu bayonoti hudud mustaqilligi uchun kurashuvchi “Birgalikda” harakati Kataloniya parlamenti saylovida 135 deputatlik o‘rnidan 62 tasini egallaganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Avvalroq Mas, agar uning partiyasi saylovlarda g‘olib chiqsa, Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi uchun kurashishini ma’lum qilgandi.
Hududiy sud departamentidan ma’lum qilishlaricha, Mas 15-oktabr kuni sudga kelib, 2014-yil 9-noyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mustaqillik referendumi yuzasidan beriladigan savollarga javob berishi kerak. Oxir-oqibat mazkur referendum Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan taqiqlangan va shu kuni Kataloniya aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
Izoh (0)