BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr mamlakat Ukrainada Boeing halokati yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv jarayonida adolat uchun kurashishi haqida bayonot qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Niderlandiya hukumati ushbu fojia yuzasidan adolat ro‘yobga chiqishi uchun tinimsiz ish olib boradi”, — dedi monarx.
Samolyot Donbassda 2014-yilning 17-iyulida qulab tushgan edi. Halokat oqibatida 298 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 193 nafari Niderlandiya fuqarosi edi.
Izoh (0)