Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard ehtimoliy kreditlar yuzasidan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida mamlakat “siyosatini qayta yo‘naltirishni” tavsiya etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Lagard xonim Belarusda hadli siyosatni mustahkamlash bo‘yicha so‘nggi vaqtlarda ma’lum bir o‘sishga erishilganini olqishladi, biroq barqarorlik va bosqichma-bosqich o‘sishni qayta tiklash uchun siyosatni qayta yo‘naltirish va eng oliy darajada muntazam qo‘llab-quvvatlab turish zarurligini qayd etdi”, — deyiladi XVJ bayonotida.
Izoh (0)