Noma’lum shaxs Kanadadagi eng yirik jekpotni yutib oldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Uning pul yutug‘i 45 million AQSh dollariga teng. Xabar berishlaricha, Lotto-Max lotereyasining baxtli chiptasi Ontario viloyatida sotilgan. Bundan tashqari, yana 15 kishi 750 ming dollar miqdorida rag‘batlantiruvchi mukofotlarga ega bo‘lgan.
Odatda Lotto-Max’ning jekpotlari 38 million dollardan oshmaydi, biroq bu safar — 7-avgustdan beri lotereyada hech kim g‘olib chiqmayotgani sabab, tashkilotchilar sovrin jamg‘armasini oshirishga qaror qilgandi.
Izoh (0)