Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko jarohat oldi, britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang keyinga qoldiriladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
WBA, WBO, IBF va IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Klichkoning Fyuri bilan jangi 24-oktabr kuni Dyusseldorfda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
“Keyingi hafta jang uchun yangi sanani e’lon qilamiz. Kurash, shubhasiz, Dyusseldorfda o‘tkaziladi. Sotilgan chiptalar kuchda qoladi”, — dedi Klichkoning menejeri Byornd Bente.
Klichko jarohatini 24-sentabr, payshanba kuni Avstriyadagi mashg‘ulot lagerida oldi.
Izoh (0)