Peterburgning “Rossiya” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg va O‘zbekistonning ikki shahri o‘rtasidagi qatnov yo‘nalishlarini mustaqil ravishda chaqirib oldi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2015—2016-yillarning kuz-qishki jadvaliga ko‘ra, Rossiyaning aviatashuvchisi Pulkovodan Namangan va Qarshiga parvozni amalga oshirmaydi.
Ta’kidlash joizki, “Rossiya” aviakompaniyasi Namangan va Qarshiga haftasiga bittadan reysni amalga oshirish huquqiga ega edi. Reyslarning bekor qilinishiga sabab Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha talabning qisqarganligi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)