Musulmon olamining muqaddas bayramlaridan bo‘lmish Qurbon hayiti 24-sentabr kuni dunyoning juda ko‘plab mintaqalarida qizg‘in nishonlandi. Jahondagi eng yirik megapolislardan biri, qariyb 25 million aholi istiqomat qilayotgan Shanxay shahrida ham hayit namozi o‘qilib, islom diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolar va shahar mehmonlari bu bayramni tantana qildi. Bu haqda “Daryo”ning shtatdan tashqari muxbiri Shuhrat Oripov Xitoydan xabar bermoqda.
Shanxay shahridagi Xiao Tao Yuan masjidi imomi Xoji Musaning ta’kidlashicha, shaharda ayni vaqtda 200 mingdan ortiq islom diniga e’tiqod qiluvchilar istiqomat qiladi va 8 ta masjid mavjud.
Quyida siz muxbirimiz tomonidan yuborilgan va hayit namozi aks etgan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)