O‘zbekistonning “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki bilan Janubiy Koreyaning Eksimbanki o‘rtasida 23-sentabr kuni 160 million AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xunning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 23-sentabr kuni O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasida Eksimbankning Janubiy Koreya iqtisodiy rivojidagi roli va O‘zbekiston bilan hamkorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Eksimbank prezidenti Janubiy Koreyaning iqtisodiy taraqqiyoti, jahon ishlab chiqarishidagi o‘rni, xalqaro moliyaviy-investitsiyaviy jarayonlardagi ishtiroki, to‘plagan boy tajribasi haqida so‘zladi.
Izoh (0)