“Ozod Shimoliy Koreya uchun kurashuvchilar” nodavlat tashkiloti a’zolari 20-sentabr, yakshanba kuni KXDR bilan chegara yaqinidagi Pxadju shahrida hukumatga qarshi 200 mingta varaqa joylashtirilgan 10 ta havo sharini uchirgan. Bu haqda mazkur tashkilot rahbari Pak San Xak ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Hukumat tomonidan bunday tadbirni o‘tkazmaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berilmadi, uni amalga oshirish niyatimiz borligini ma’lum ham qilmaganmiz, — dedi Pak San Xak. — Shimoliy Koreya tomonga sharlar uchirilishi davom ettiriladi”.
KXDR rasmiylari bunday aksiyalarni jangovor harakatlar olib borishga tenglashtiradi va varaqalar tarqatilayotgan hududlarga zarba berish bilan dag‘dag‘a qiladi. 2014-yilda KXDR chegaradan uchib o‘tayotgan shunday sharlarni zenit pulemyotlari yordamida urib tushirishga harakat qilgan, o‘shanda bir necha yirik kalibrli o‘qlar Janubiy Koreyadagi aholi punkti yaqiniga kelib tushgandi.
Janubiy Koreya hukumati bu kabi aksiyalarni taqiqlash uchun qonuniy asoslarga ega emasligini ko‘p bor ta’kidlagan.
Izoh (0)