Birlashgan Millatlar Tashkiloti 21-sentabrda Xalqaro tinchlik kunini nishonladi. Buning arafasida tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun barcha jangovar harakatlar ishtirokchilarini shu kuni qarama-qarshilikni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent. net” xabar bermoqda.
“Bu yil Xalqaro tinchlik kuni dunyoda barqarorlikka rahna solayotgan mojarolar, qonli xurujlar amalga oshirilayotgan paytda nishonlanmoqda, — deyiladi bosh kotib bayonotida. — Ammo biz tushkunlikka berilmay, umumiy mas’uliyatni zimmaga olishimiz va shafqatsizlik, zo‘ravonlikka chek qo‘yishni talab etishimiz zarur”.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro tinchlik kuni BMT tomonidan 1981-yilda ta’sis etilgan.
Izoh (0)