Rossiyani qrim-tatarlarning huquqlarini buzishda ayblash hech qanday asosga ega emas va vaziyatning haqqoniy holatini aks ettirmaydi. Bu haqda, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Rossiya delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasida bu kabi ayblovlarni tinglashga tayyormi va Ukraina delegatsiyasining boshqa hamlalarini prognoz qilish mumkinmi, qabilidagi savollarga Peskov shunday javob berdi: “Boshqa davlat rahbarlarining chiqishlarini prognoz qilish — bizning ishimiz emas”.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Bosh Assambleyasida “qrim-tatarlarning huquqlari, qrim-tatar xalqi vakillarining siqib chiqarilishi masalasi”ni ko‘tarish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Pyotr Poroshenko 29-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida nutq bilan chiqish qiladi.
Izoh (0)